Vibe Coding kursi

Vibe Coding kursi

1 / 16

4 oylik amaliy kurs · o‘zbek tilida

Noldan — o‘z AI yordamchingizgacha

Kod yozishni bilmasangiz ham bo‘ladi. AI bilan birga sayt, ilova, bot va o‘z MCP vositalaringizni qurasiz. Oxirida xarakteri, xotirasi va o‘z vositalari bor shaxsiy AI yordamchingiz Telegramda ishlaydi.

S
Saidxonning AI yordamchisibot · kurs haqidagi savollarga javob beradi
Kurs qanday tuzilgan? 3–4 gapda.
Skill · kurs-maslahatchi MCP · course_overview() → API · GET /modules

Kurs 16 hafta, 4 moduldan iborat. 1-modul «Poydevor» (1–4-hafta) — atamalar, terminal, GitHub va internetga chiqqan sayt. 2-modul «Qurish» (5–8-hafta) — interaktiv sahifa, API’li ilova va noutbukdagi Telegram bot. 3-modul «MCP» (9–12-hafta) — o‘z MCP serveringiz va birinchi Skill. 4-modul «Yurak» (13–16-hafta) — Telegramda 24/7 ishlaydigan shaxsiy AI yordamchi, oxirida Demo Day.

Manba: kurs umumiy ma’lumoti (4 modul, 16 hafta)

Kurs oxirida sizda nima bo‘ladi

Sizni taniydigan, ma’lumotlaringizdan foydalanadigan va siz ishlaydigan joyda javob beradigan shaxsiy AI yordamchi. Har bir qismini o‘zingiz qurasiz — chiziq rangi uni qaysi oyda o‘rganishingizni bildiradi.

Nimani biladi

Sizning AI yordamchingiz xarakter · xotira · vositalar

Qayerda ishlaydi

Misol · do‘kon egasi Telegramda so‘raydi

Kurs yo‘li

16 haftataxminan 4 oy
48 darshaftasiga 3 marta, 2 soatdan
96 soat sinfdauyda yana ~64 soat mustaqil ish
4 modulhar biri 4 hafta